Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelasi haftadan O‘zbekistonda aholida antitanachalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda

Kelasi haftadan O‘zbekistonda aholida antitanachalarni aniqlash uchun test olinishi rejalashtirilmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda quyidagilarni ma’lum qildi:

«Biz hozirga qadar koronavirus bilan zararlanganlarni aniqlab, ularni davolash, virus yuqtirgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarni esa karantinga olish masalalari bilan shug‘ullandik.

Koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili lozim bo‘ladi, xolos. Antitanachalar shakllanishi uchun esa virus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqan bo‘lishi lozim.

Karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish uchun antitanachalarni aniqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun O‘zbekistonda ham kelasi haftadan aholi orasida immunofermen analizini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring