«Kechki ovqatni dushmanga berma!»
Mashhur bir naql bor: nonushtani — o‘zing ye, tushlikni — do‘sting bilan bo‘lish, kechki ovqatni — dushmaningga ber.
Biroq vrach-kardiolog, Rossiya kardiologlar jamiyati vitse-prezidenti, akademik Yuriy Belenkov bu fikrga uncha qo‘shilmasligini bildirdi.
«Kechki ovqatni aslo dushmanga berish kerak emas», — dedi u.
To‘laqonli ovqatlanish juda muhim. Belenkovning fikricha, nonushta sutkalik kaloriyaning 25 foizini, tushlik 50 foizini va kechki ovqat taxminan 20 foizini tashkil etishi lozim.
Kechasi uxlay olmaydiganlar, qorni ochib yarim tunda yemak qidirib qoladiganlar nima qilsin? Ortiqcha vazni muammosi qanday hal bo‘ladi?
Mutaxassis bunday kishilarga uyqudan oldin sayr qilib kelishni yoki biologik sikllarni me’yoriga tushiruvchi melatonin qabul qilishni tavsiya qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter