Kechikkan pensiyalar to‘liq to‘lab beriladi
Respublikada karantin e’lon qilingan muddatdan e’tiboran (2020 yil 24 mart) muayyan sabablarga ko‘ra yoshga doir pensiya tayinlanishi uchun o‘z vaqtida murojaat qilolmagan fuqarolarga o‘tgan davrlar uchun ham mablag‘ to‘liq to‘lab beriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabar berdi.
Misol uchun, 2020 yil 1 may kuni pensiya yoshiga yetgan fuqaro turli sabablarga ko‘ra 2022 yil yanvar oyida Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilsa, fuqaroga 2020 yil 1 maydan pensiya tayinlanadi va o‘tgan 20 oylik pensiya miqdori to‘lab beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter