Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin tugaganligini nishonlayotgan ayol halok bo‘ldi

Karantin tugaganligini nishonlayotgan ayol halok bo‘ldi

Foto: «Twitter.com»

Turkiyada karantin tugaganligini nishonlayotgan 31 yoshli ayol jardan tushib ketdi, deb yozadi «Mirror».

Antaliyada gidlik qiluvchi qozog‘istonlik 31 yoshli Olesya Suspitsina mahalliy hukumat koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan ayrim cheklovlarni bekor qilgandan so‘ng sharsharaga yo‘l olgan. Ayol chiroyli manzara oldida rasmga tushishni niyat qilgandi. Navbatdagi fotosessiya paytida birdan 35 metrdan balandlikdan pastga tushib ketgan. Fojia dugonasining ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Olesya himoya to‘siqlaridan oshib o‘tgan. Maysani bosganda oyog‘i sirpanib ketgan va jarga qulagan. Qutqaruvchilar ayolning murdasini suvdan chiqarib olishgan. Politsiya voqeani baxtsiz hodisa deb tan olgan.

Suspitsina o‘z vatani, Qostanayda dafn etiladigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring