Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karantin sababli 2 oylik pensiyam kuyib ketadimi?

Karantin sababli 2 oylik pensiyam kuyib ketadimi?

Foto: Xabar.uz

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Shuhratjon Davronov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

– Pensionerlarga bank plastik kartasi ochish uchun qancha haq olinadi?

– Pensiya va nafaqa oluvchilarga bank plastik kartalarini ochish uchun fuqarolardan hech qanday to‘lov va haq olinmaydi.

– Men Milliy bank plastik kartasi orqali pensiya olib kelyapman. Endi menga ham Xalq bankidan bank plastik kartasi ochiladimi?

– Pensiya va nafaqalarini bugungi kunga qadar bank plastik kartalari orqali olib kelayotgan fuqarolarga yangi kartalar ochilmaydi. Ularga pensiya va nafaqalar to‘lovlari o‘zlarining mavjud kartalari orqali amalga oshirish davom ettiriladi.

– Bizning mahallaga har oyning 20-21 sanasida bank kassasi kelib, pensiya tarqatar edi. Plastik kartalarga ham shu sanada pul tushadimi?

– Pensiya va nafaqalar bank plastik kartalariga har oyning boshida moliyalashtirib beriladi.

– Yoshga doir pensiyaga chiqish uchun hujjat topshirmoqchi edim. Karantin sababli pensiya hujjatlarimni yig‘ishda kechikish bo‘lsa, 2 oylik pensiyam kuyib ketadimi?

– Yoshga doir pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab 60 kun ichida uni so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, pensiya yoshiga to‘lgan kundan e’tiboran tayinlanadi.

Davlat pensiyalaridan biriga huquqi karantin davrida paydo bo‘lgan fukarolarga, karantin tadbirlari tugagandan keyin 1 oy davomida pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga murojaat etish huquqi berildi.

Bu holatda ularga pensiyalar karantin cheklovlari davridagi huquqi paydo bo‘lgan sanadan tayinlanadi.

— Yaqinda farzandli bo‘ldik, suyunchi (puli) nafaqasi uchun murojaat qilmoqchi edim. Belgilangan muddatda topshirmasam, suyunchi puli kuyadimi?

– Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi) bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilinganda to‘lanadi.

Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqaga huqingiz karantin davrida paydo bo‘lgan bo‘lsa, karantin tadbirlari tugagandan keyin 1 oy davomida ushbu nafaqani olish uchun o‘rnatilgan tartibda murojaat etishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring