AQSh prezidentligiga nomzod saylovchilar bilan birinchi uchrashuvidayoq ho‘ngrab yig‘lab yubordi (Video)
Amerikalik xip-xop ijrochisi Kane Uest 19-iyul, yakshanba kuni AQSh prezidentligiga nomzod sifatida o‘z tarafdorlari bilan birinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Janubiy Karolinada bo‘lib o‘tgan tadbirda 200 kishi ishtirok etdi. Artist o‘zining birinchi chiqishidayoq ho‘ngrab yubordi. Musiqachining yig‘ilganlar bilan bir soat davom etgan muloqoti «YouTube» orqali translyasiya qilindi.
Reper siyosiy maydonda paydo bo‘lishini shunchaki demokratlardan qora tanli saylovchilarning ovozini olib qo‘yishga urinish sifatida baholamasliklarini so‘radi.
«Men to‘rt yil Tramp (AQSh prezidenti Donald) tomonida bo‘ldim. Tushuntirib beraman. Demokratlar qoralarni nazariga ilmaydi... Siyosatchilar, Amerika, Tramp, Bayden yoki Kane Uest bizni ozod qilolmaydi. Bizga erkinlik beradigan yagona narsa — nasihatlarga amal qilish», — dedi musiqachi.
Shuningdek, u noqonuniy immigratsiya degan tushuncha yo‘q degan fikrni bildirdi. Chunki bu odamlar, uning aytishicha, ishlaydi va AQShni qo‘llab-quvvatlaydi, chunki ularga ozod bo‘lish imkonini berish kerak.
So‘ngra musiqachi bo‘lajak rafiqasi Kim Kardashyan unga homilador ekanligini xabar berganini va go‘dakni asrab qolish qaroriga qanday kelganini so‘zlab berdi. Bu unga o‘z qismatini eslatib yubordi.
«Meni onam qutqarib qolgan. Otam abort qildirishni xohlagan. Onam hayotimni asrab qolgan. Kane Uest bo‘lmasdi. Chunki otam haddan tashqari band bo‘lgan», — bu so‘zlarni aytarkan reper ho‘ngrab yig‘lab yubordi.
Uest, shuningdek, mamlakatning harbiy qudrati haqida so‘zladi.
«Boshqa davlatlar kelsa-yu, sizning qurolingiz bo‘lmasa, sizningcha, nima bo‘ladi? Sizni qul qilishadi!» — deb izohladi u.
Kane Uest 2020-yil AQSh prezidentligiga bo‘ladigan saylovlarda ishtirok etmoqchi. Uning nomzod sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tganligi 16-iyul kuni ma’lum bo‘ldi.
Uest Qo‘shma Shtatlar prezidenti lavozimiga da’vogarlik qilishini 5-iyul kuni e’lon qilgandi. Saylovoldi poygasida u mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishni rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter