Kanadaning so‘kong‘ich general-gubernatori ishdan ketdi
Kanada general-gubernatori Jyuli Payet, ofisida «zaharli muhit» yaratish va xodimlari bilan janjal chiqarishda ayblanganidan so‘ng, iste’foga chiqishini ma’lum qildi. General-gubernatorlik saytida 21-yanvar kuni ushbu xabar joylandi.
Everyone has a right to a healthy and safe work environment. Tensions have arisen at Rideau Hall over the past few months and for that, I am sorry. Full statement: https://t.co/4PgUs1h8Rq
— GGJuliePayette (@GGJuliePayette) January 21, 2021
«Har bir inson har qanday vaqt va vaziyatda sog‘lom va xavfsiz ishchi muhitiga ega bo‘lishga huquqli. General-gubernator kotibi kanselyariyasida har doim ham bunday bo‘lmagan ko‘rinadi. Oxirgi bir necha oyda Rido-hollda bosim yuzaga keldi, men bundan afsusdaman», — deb yozdi Payet.
Dastavval CBC telekanali general-gubernator idorasida «zaharli muhit» yozaga kelgani haqida xabar bergandi. Telekanal xabariga javob o‘laroq, Kanada Maxfiy kengashi 2020-yil iyul oyida tekshiruv boshlagan. O‘shanda nomlari sir tutilgan aksariyat davlat xizmatchilari va sobiq xodimlar Payet xonim Rido-holl xodimlarini hammaning oldida kamsitib va haqorat qilib kelganini tasdiqlashgandi.
Ma’lumot uchun: Kanada general-gubernatori — bir paytning o‘zida Kanada qirolichasi ham sanaluvchi Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning vakili. Jyuli Payet ushbu lavozimda 2017-yilning 2-oktyabrida ish boshlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter