Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadalik lotereyada to‘rtinchi marta jekpot yutdi

Kanadalik lotereyada to‘rtinchi marta jekpot yutdi

Foto: Western Canada Lottery Corporation

Kanadalik Devid Serkin — saratonni yenggan, shuning barobarida, juda omadli inson, deb yozmoqda The Guardian.

U o‘tgan yil avgustidan shu yil may oyigacha (bir yil ichida) lotereyada uch marta jekpotni yutib, jami 2,5 mln dollar mukofot pulini qo‘lga kiritgan.

Nashr yozishicha, Devid Serkin avgust, noyabr va may oylarida, qolaversa, o‘n yillar ilgari ham jekpotni yutib olgan.

Serkin so‘nggi yutuqli chiptasini o‘zi yashovchi Letbrijdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchasida sotib olgan va 33,3 milliontadan 1 imkoniyatda jekpotni yutib olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring