Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kamchatkada kuchli zilzila: seysmologning bashoratlari to‘g‘ri chiqyapti

Kamchatkada kuchli zilzila: seysmologning bashoratlari to‘g‘ri chiqyapti

Seysmolog Frank Xugerbitsning 6-7 mart kunlari Kamchatkada kuchli zilzila bo‘lishi to‘g‘risidagi seysmoprognozi o‘zini oqladi.

Kamchatkada bugun 6.1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Astronomik sabablar orqali seysmoprognozlarni ishlab chiqayotgan golland seysmologining yana bir prognozi o‘zini oqladi.

Rus seysmologlari o‘z hamkasbining astronomik yo‘l bilan zilzila prognozlari ishlab chiqish metodologiyasini qizg‘in muhokama qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada zilzila bo‘lishini oldindan bashorat qilgan niderlandiyalik seysmolog Frank Xugerbits 2023 yilning mart oyida bir qator kuchli yer silkinishlari kuzatilishini aytgandi.  

U shuningdek, Yangi Zelandiya tarkibidagi Kermadek arxipelagida ham kuchli zilzila bo‘lishini topgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring