«KAMAZ»ni yaratgan muhandis 98 yoshida vafot etdi
«KAMAZ»ning birinchi bosh direktori Lev Vasilev 98 yoshida Moskvada vafot etdi. Uning rahbarligida 1976 yil 16 fevral kuni birinchi KAMAZ-5320 yuk mashinasi ishlab chiqarilgandi.
Lev Vasilev 1925 yil 7 fevralda Moskvada tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Ukrainadagi janglarda qatnashgan, besh bor jarohat olgan.
1948 yildan u Moskva kichik avtomobillar zavodida ishlagan. Bir vaqtning o‘zida Moskva avtomobil institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mashhur «KAMAZ» zavodining tashkil etilishiga bosh-qosh bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter