Qashqadaryoda 9 yoshli qizni «Kamaz» bosib ketdi
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hududida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni «Kamaz» bosib ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 2022-yil 22-noyabr kuni soat 12:30larda A-378 «Samarqand-G‘uzor» avtomobil yo‘lining «Uzun» MFY hududidan o‘tgan 124-kilometrida sodir bo‘lgan.
Haydovchi N.B. yuk mashinasini G‘uzor tumani tomon boshqarib ketayotib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan Qamashi tumani «Uzun» MFYda yashovchi voyaga yetmagan Q.S.ni bosib ketgan. Oqibatda 9 yoshli qiz voqea joyida halok bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan Qamashi tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining ajrimiga asosan haydovchi qamoqqa olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter