Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroqchidagi gaz to‘ldirish shoxobchasida «Kamaz» yonib ketdi

Chiroqchidagi gaz to‘ldirish shoxobchasida «Kamaz» yonib ketdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati.

7-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan «Samarqand-Qarshi» avtomobil yo‘lida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasida «Kamaz-53212» rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan. 

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, hodisani bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida yuk avtomobilining salon va bort qismi yonib zaralangan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring