Jurnalistlarni ham qasamyod qildirish taklifi tushdi
Toshkentdagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan «Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalari: axborot transformatsiyasi va kasb etikasi muammolari» mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi rahbariyati va OAV vakillari qatnashishmoqda.
Tadbir davomida kutilmagan taklif bildirildi. «Zoom» jurnalidan kelgan vakil o‘z mulohazalarini bildirarkan, jurnalistlarga ham qasamyod qabul qildirishni jiddiy ohangda taklif etdi.
Ishtirokchi jurnalistlardan biri bu «taklif»ga «ariqqa tushib qasamyod qilaylik» deb munosabat bildirdi.
Shunday «antiqa taklif»larga boy o‘tayotgan tadbir haqida keyinroq batafsil xabar beramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter