Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JOYDA ilovasidagi tovar va xizmatlar soni 10 mingdan ortdi!

JOYDA ilovasidagi tovar va xizmatlar soni 10 mingdan ortdi!

Bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbankning JOYDA marketpleysi orqali taklif qilinayotgan mahsulot va xizmat turlari 10 mingdan oshdi. Ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va savdo tashkilotlari (merchantlar) bilan hamkorlik ko‘lami qariyb ikki yuzga yetdi. Ilova asosida ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari turi 17 tani tashkil etdi.

2020 yilda koronavirus pandemiyasi elektron tijorat bozorining rivojlanishiga omil bo‘ldi. Onlayn savdo kishilar uchun eng qulay va xavfsiz usul ekanligi isbotlandi.

2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasiga muvofiq, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan joriy etilgan JOYDA marketpleys mobil ilovasi an’anaviy bank xizmatlaridan tashqari xalq iste’mol tovarlari sotuvini ham taqdim etib keng jamoatchilik o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Buni raqamlar ham tasdiqlaydi. Xususan, marketpleys ishga tushirilgandan buyon 2020 yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar tomonidan 5 644,5 mln. so‘m qiymatdagi 1600 dan ziyod turdagi tovarlar sotilgan bo‘lsa, joriy yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra, 28 344,7 mln. so‘mlik 6 870 dan ortiq tovarlar bo‘yicha xaridlar amalga oshirildi.

Marketpleysda xaridorlar uchun afzalliklar:

– kundalik ehtiyojlar doirasida mahsulotlarning 3 oydan 12 oygacha muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyatining mavjudligi;

– keng assortiment (onlayn-do‘kondan farqli ravishda);

– uy yoki ofisdan chiqmagan holda qulay va xavfsiz xarid;

– kafolatli logistik xizmat;

– xizmatlar uchun shaffof va standart to‘lov.

Merchantlar uchun afzalliklar:

– zamonaviy integratsiyalashgan savdo boshqaruviga qo‘shilish;

– doimiy xaridorlar oqimiga erishish;


– logistika, omborxona va boshqa xizmatlar uchun minimallashtirilgan xarajatlar;


– mahsulot yoki xizmatlarni sotish uchun qo‘shimcha platforma;


– faoliyatni tomonlararo manfaatli va qulay tarzda yuritish.


Hozirda ilovada qanday bank xizmatlari amal qiladi?

– onlayn konversiya amaliyotlari (olish va sotish);


– onlayn shakllantiraladigan muddatli va jamg‘arib boriladigan omonatlar;


– kartadan kartaga pul o‘tkazmalari (5 usulda);


– onlayn mikroqarz (uzoq va qisqa muddatli, sug‘urta ta’minoti ostida);


– overdraft kreditlari (ochiq kredit liniyasi, 6 oygacha imtiyozli davr);


– kreditlarni so‘ndirish;


– kommunal va boshqa 350 turdan ortiq xizmatlar uchun to‘lovlar;


– hisobraqamlarga pul o‘tkazmalari (yuridik va budjet tashkilotlariga);


– xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilish (Zolotaya korona);


– Bank kartalariga buyurtma berish (Humo, Uzcard);


– marketpleys (Bank krediti hisobiga va naqd shaklda);


– xalqaro kartalarga pul o‘tkazish (Mastercard, Visa, Unionpay);


– 24/7 rejimida mijozlarni qo‘llab-quvvatlovchi elektron chat;


– mijozlar uchun bank filialiga tashrif buyurishdan avval masofadan elektron navbat olish imkoniyati;


– oltin quymalar sotuvi;


– virtual hamyon;


– Humo virtual kartasiga ariza berish va NFC kontaktsiz to‘lov xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Yaqin istiqboldagi rejalar

– JOYDA mobil ilovasi orqali Cash back tizimi joriy qilinadi;

– amalga oshirilgan tranzaksiyalar bo‘yicha bonuslar ishlab chiqiladi;

– avtokredit, xalqaro virtual kartalar va chet el valyutasidagi omonatlarni rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, mobil ilovaning oflayn rejimda ishlovchi versiyasini yaratish hamda mijozlar talabidan kelib chiqib boshqa bank mahsulot va xizmat turlarini joriy etish rejalashtirilgan.

O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring