Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Jon shirin ekan, 102 yoshga kirib emlandim»

«Jon shirin ekan, 102 yoshga kirib emlandim»

Foto: SSV

Jizzax viloyatida ham koronavirusga qarshi emlash ishlari izchillik bilan davom etmoqda. Dastlab faqat Jizzax shahrida olib borilgan bo‘lsa, hozirda viloyatning barcha tumanlarida birinchi navbatda emlanadigan aholining emlash ishlari boshlab yuborilgan. Bu haqda Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda viloyat bo‘yicha jami 11514 nafar kishi emlandi. Shu kungacha emlanganlardan vaksinaning nojo‘ya ta’siri haqida shikoyatlar tushmadi.

Yaqinda Zarbdor tumanidagi Oqar MFY, Bahor ko‘chasida yashovchi 1919-yilda tug‘ilgan Suymaxol momo Zulimova ham emlandi.

«Bolam, jon shirin ekan, mana, men 102 yoshga kirib emlandim. Do‘xtirlar doimiy holimdan xabar olib turadi. Nojo‘ya ta’sirini sezmadim. Iloho, yurtimiz doim tinch, yurtboshimiz omon bo‘lsin. Bu baloyu ofatlardan tezroq xalos bo‘laylik», — deydi Suymaxol momo duoga qo‘l ochib.

Viloyatda emlashning ahamiyati haqida OAV, ijtimoiy tarmoqlar va aholi o‘rtasida keng targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring