Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxmalda za’faron unib chiqdi

Baxmalda za’faron unib chiqdi

2020-yil 6-oktyabr kuni Jizzax viloyatining Baxmal tumanida O‘zbekistonda ilk bor Italiyadan olib kelingan za’faron piyozi ekilgan edi. Oradan roppa-rosa bir oy o‘tdi. E’tiborlisi, «BMB Trade Group» va Italiyaning «Opera SRL» kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning dastlabki natijalari ko‘zga ko‘rina boshladi.

Gap shundaki, ko‘plab insonlarning duosi, mehnati, mehr tafti bilan ona zaminga qadalgan za’faron piyozlari bugun unib chiqdi! Bu haqda «BMB Trade Group» kompaniyasining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar departamenti xabar berdi.

Buni nafaqat ikki hamkor kompaniya, balki butun mamlakatimiz uchun ajoyib xushxabar, deyish mumkin.

Chunki xalqaro miqyosda za’faronga bo‘lgan talab juda yuqori bo‘lib, O‘zbekistonning ushbu turdagi mahsulot bilan dunyo bozoriga dadil kirib borishi mamlakatimiz eksport salohiyatini yangi yo‘nalish hisobiga oshirish, iqtisodiyotimizni rivojlantirish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring