Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxlik o‘qituvchi ayol «Yil ayoli» deb topildi

Jizzaxlik o‘qituvchi ayol «Yil ayoli» deb topildi

23-dekabr, shunba kuni O‘zbekiston Anjumanlar saroyida «Yil ayoli» hamda «Gender tenglik faoli» milliy tanlovlarining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov nizomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 35 yoshdan yuqori hamda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan ayollar, shuningdek, uy bekalari tanlov ishtirokchilari hisoblanadi.

Tanlovning tuman bosqichlarida jami 3 202 nafar ayollar 3 ta shart asosida ishtirok etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida jami 1 356 nafar ayol qatnashdi. Respublika bosqichiga 11 ta nominatsiya bo‘yicha 144 ta hujjat taqdim etildi.

«Yil ayoli» tanlovining respublika bosqichida belgilangan 3 ta shart asosida ishtirokchilarning to‘plagan ballariga qarab, oliy o‘rin, 1, 2 va 3-o‘rin hamda belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Xususan, tanlovning respublika bosqichida oliy o‘rin - Gran-pri hamda 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Prezident sovg‘asi - avtomobil bilan, qolgan g‘oliblar esa diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Tanlovda Jizzax shahridagi 26-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ro‘zigul Orziqulova g‘olib bo‘ldi va «Yil ayoli» deb tan olindi. Unga Prezident sovg‘asi – avtomobil topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring