Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Jizzax viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi  “Jizzax orient trans” XK tomonidan Jizzax shahriga 30 ta yangi avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Xitoyda ishlab chiqarilgan “Zhongtong” rusumli ushbu avtobuslarni brutto-shartnomasi asosida uchta yo‘nalishga qo‘yish rejalashtirilgan.

  • 1-yo‘nalish: 107-sonli Zilol MFY – Nurafshon MFY yo‘nalishi;
  • 2-yo‘nalish: 110-sonli So‘g‘diyona MFY – Uchariq MFY yo‘nalishi;
  • 3-yo‘nalish: 113-sonli Jizzax AShB – Tovar XAB yo‘nalishi.

Joriy yil yakuniga qadar viloyatga yana 60 ta avtobus olib kelish reja qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Transport vazirligi Toshkent shahriga ham 1000 ta zamonaviy avtobuslar keltirilishini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring