Jizzaxdagi ayanchli YTH ikki kishining umriga zomin bo‘ldi
9-sentyabr kuni Sharof Rashidov tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lida «Lacetti» rusumli avtomashina katta tezlikda harakatlanib, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan boshqa bir «Lacetti» rusumli avtomashinaning chap yon tomoniga urilgan.
Shundan so‘ng yo‘lni bo‘lib turgan beton to‘siqni buzib o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «Kia» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, katta tezlikda harakatlanib kelgan «Lacetti» avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan, avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi hodisa joyda vafot etgan, qolgan 3 nafar yo‘lovchilar tibbiy muassasasiga yotqizilgan. Ikkinchi «Lacetti» rusumli avtomashina yo‘l chetida ag‘darilib ketgan, avtomashinada bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchi tan jarohatlari olmagan, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelgan «Kia» yuk avtomashina haydovchisi ham tan jarohatlari olmagan.
Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter