Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda «Lacetti» daraxtga urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda «Lacetti» daraxtga urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda yuqori tezlikda harakatlangan «Lacetti» daraxtga urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4-yanvar kuni soat 17:30 larda, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi 4P-41 «G‘allaorol-O‘smat-Baxmal» avtomobil yo‘lining 16-kilometrida «Baxmal-G‘allaorol» yo‘nalishida haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan O.M. "Lacetti" rusumli avtomobilda yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, transport vositasi daraxtga urilgan.

YTH natijasida avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchilar, 2004 yilda tug‘ilgan N.A. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida, 1968 yilda tug‘ilgan K.K. shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, avtomobil haydovchisi hamda salonda bo‘lgan yana bir yo‘lovchi yengil tan jarohatlari olgan.

Mazkur YTH yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring