Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda katta yo‘l o‘tkazgich quriladi

Jizzaxda katta yo‘l o‘tkazgich quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 yanvar kuni «Toshkent-Chinoz» avtomobil yo‘lini ta’mirlash loyihasi bilan tanishdi.

Bu yo‘l juda serqatnov bo‘lib, bir kecha-kunduzda 60-65 ming avtotransport harakatlanadi. Shu bois uning 10 kilometr qismini ta’mirlash, 5 dona yerosti o‘tish yo‘lagi va qo‘shimcha mahalliy yo‘llar qurish mo‘ljallangan.

Poytaxtdagi Temur Malik ko‘chasini 6 tasmali etib kengaytirish, uning ikki chetida ko‘p qavatli uy va xizmat ko‘rsatish binolari qurish, Jizzax shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida 210 metrli yo‘l o‘tkazgich barpo etish bo‘yicha ham loyihalar rejalashtirilgan.

Davlat rahbari bu loyihalarni ma’qullab, ularning hujjatlarini ishlab chiqish, sifatli qilib qurish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring