Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda avtobus «zapravka»da navbatda turgan 7ta avtomobilga urildi

Jizzaxda avtobus «zapravka»da navbatda turgan 7ta avtomobilga urildi

Jizzax shahrida avtobus haydovchisi uxlab qolib, yetita avtomobil bilan to‘qnashdi.

2023 yil 17 yanvar kuni soat 21:00 larda Jizzax shahar «Mustaqillik shoh» ko‘chasida, «ANKAI» rusumli «Jizzax avtotrans servis» MChJga qarashli yo‘lovchi tashuvchi avtobusni yo‘lovchilarsiz boshqarib ketayotgan haydovchi A.N. harakat davomida charchoq alomati bo‘lib, uxlab qolishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib «JizzaxPlasTex» korxonasi oldidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchasida o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda navbat kutib to‘xtab turgan:

1) haydovchi Q.A.ga tegishli «Damas» rusumli avtomobilning orqa qismiga kelib urilishi natijasida «Damas» avtomobili yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ag‘darilib ketgan hamda avtobus harkatini davom ettirib:

2) haydovchi T.K.ga tegishli «Nexia-2» rusumli;

3) haydovchi T.U.ga tegishli «Nexia-2» rusumli;

4) haydovchi Z.Sh.ga tegishli «Cobalt» rusumli;

5) haydovchi X.A.ga tegishli «Nexia-3» rusumli;

6) haydovchi U.S.ga tegishli «Nexia-2» rusumli;

7) haydovchi R.I.ga tegishli bo‘lgan «Lacetti» rusumli avtomobillarga, jami 7 ta transport vositalariga to‘qnashib YTH sodir etgan.

YTH natijasida «Damas» avtomobili haydovchisi, A.Q.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ambulator tartibda davolanish uchun yashash manziliga yuborilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring