Jizzaxda avtobus ishtirokida ayanchli YHT sodir bo‘ldi. Halok bo‘lganlar bor
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani «So‘loqli» mahallasi hududidan o‘tgan Toshkent – Termiz M-39 yo‘lining 998-kilometrida «Yotong» avtobusi «HOWO» rusumli yuk mashinasining orqasidan urilgan.
Oqibatda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli hamda Mo‘ynoq tumanida yashagan 2 nafar fuqaro olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Nukus shahri va Taxiatosh tumanida yashovchi 3 kishi hamda bir nafar fransiyalik fuqaro turli darajada jarohatlar olgan.
Qayd etilishicha, tibbiy yordamga muhtojlarga tegishli yordamlar ko‘rsatilmoqda. Avtobusning boshqa yo‘lovchilarini manzillariga yetkazish choralari ko‘rilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter