Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax viloyat hokimi koronavirus bilan bog‘liq viloyatdagi holat haqida axborot berdi

Jizzax viloyat hokimi koronavirus bilan bog‘liq viloyatdagi holat haqida axborot berdi

Foto: Sputnik

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev viloyat ahliga murojaat qildi va koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida axborot berdi.

«Aziz yurtdoshlar!

Yurtimizga chetdan kirib kelgan koronavirus kasalligiga chalinganlar soni bugungi kunda viloyatimizda 3 nafarni tashkil etmoqda.

Bemorlarning ahvoli barqaror, qoniqarli holatda.Ularga shifokorlar tomonidan Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining tavsiyalari, xalqaro tajriba va belgilangan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Shuningdek, shu kungacha epidemik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan viloyatimizga kelgan 2378 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvga olinib, ular maxsus umumiy karantin uchun tayyorlangan 5 ta muassasaga joylashtirildi. Ulardan shu kun holatiga ko‘ra 2034 nafari tibbiy nazoratdan chiqarildi.

Bemorlar bilan birlamchi va ikkalamchi muloqotda bo‘lgan 1429 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda qolmoqda. Ulardan 138 nafari uy karantinida, 344 nafari statsionar karantinda bo‘lib turibdi», — deydi viloyat hokimi murojaatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring