Jizzax va Sirdaryoda «kambag‘allikni tugatish»ga mas’ul ikki mansabdor jinoyat ustida ushlandi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarmalarining ikki nafar mansabdori qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA ma’lum qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan vazirlikning Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari bosh boshqarmalari mansabdor shaxslari o‘z vakolatlaridan foydalangan holda pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ham ayrim mansabdorlar pora olish vaqtida qo‘lga olingani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter