Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax shahar hokimi 2 mansabdorga «hayfsan» berdi

Jizzax shahar hokimi 2 mansabdorga «hayfsan» berdi

Foto: Xabar.uz

Jizzax shahar hokimi Komil Xolmudorov qarori bilan o‘z ishlariga sovuqqonlik bilan yondashgani uchun hokimlik mansabdorlariga «hayfsan» berilgan.

Xususan, shahar hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari talab darajasida tashkil etilmagani, «Yashil makon» umummilliy loyixasi doirasida shahar hududiga ekilgan turli manzarali ko‘chatlarga o‘z vaqtida agro texnik tadbirlarni amalga oshirmagani, boshqarmaga qarashli kanallar va ariqlarni doimiy ravishda chiqindilardan tozalash ishlarini olib borilmagani hamda o‘z xizmat vazifalarini bajarishda mas’uliyatsizlikka, bir qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni talab darajasida bajarmagani sababli shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Asror Qobilov jazolangan.

Shuningdek, shahar hokimligi ijro intizomini ta’minlashda mas’uliyatsizlik bilan yondashgani hamda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun Jizzax shahar hokimligi kotibasi Latofat Beknazarovaga «hayfsan» berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring