Jennifer Lopesning qallig‘i yarim million dollarini o‘g‘irlatib qo‘ydi
Pop-xonanda Jennifer Lopesning qallig‘i sifatida tanilgan, sobiq beysbolchi Aleks Rodrigesni San-Fransiskoda tunab ketishdi, deb xabar berdi «San Francisco Chronicle».
Aleksning puli, elektronikasi va qimmatbaho buyumlari yo‘qolgan. Yetkazilgan zarar taxminan 500 ming dollarga baholanmoqda.
Jinoyatchilar sportchining mashinasidan fotoapparat, noutbuk, turli taqinchoqlar va sumkani olib qochishgan. Rodrigesning vakili «yetkazilgan moliyaviy zarar bo‘rttirib yuborilgan»ini ma’lum qilmoqda.
«Men o‘zim uchun qadrli narsalarimdan ayrilganimdan ko‘proq xafaman, — dedi Rodriges «People» jurnaliga bergan intervyusida.
Amerikadagi qator ommaviy axborot vositalari xabar qilishicha, o‘g‘irlik vaqtida Rodriges restoranda do‘stlari davrasida kechki ovqatni tanovul qilayotgan, avtomobil esa ijaraga olingan bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter