Jeff Bezos boyligining katta qismini xayriya qilmoqchi
Amazon kompaniyasi asoschisi va rahbari Jeff Bezos boyliklarining asosiy qismini umri davomida xayriya maqsadlariga sarflashini ma’lum qildi. Bu haqda The Verge xabar berdi.
Sayyoramizning to‘rtinchi eng boy insoni (Jeff Bezosning sof boyligi — 124 mlrd dollar) iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashmoqchi, insoniyatni birlashtirishga ahd qilganlarni qo‘llab-quvvatlamoqchi.
E’tiborli tomoni, Bezos boyligining katta qismidan voz kechib, xayriya qilishini birinchi marta e’lon qilmoqda.
Undan avvalroq Microsoft asoschisi Bill Geyts «deyarli butun boyligi»ni (ayni paytda 114 mlrd dollar atrofida) jahondagi eng yirik xayriya tashkiloti — Bill va Melinda Geytslar jamg‘armasi hisobiga o‘tkazishni rejalashtirayotganini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter