JCh-2026 saralashi. Kimlar chiqdi, kimlar uchun kurash oldinda...

Kecha Osiyo qit’asida JCh-2026 uchinchi saralash bosqichi o‘yinlari yakuniga yetdi.
A guruhi
Muddatidan avval mundial masalasini hal qilgan O‘zbekiston Qatarni tor-mor qildi (3:0), JCh final bosqichiga chiqish imkoniyati qolmagan Qirg‘iziston BAA bilan durang o‘ynadi (1:1), Eron KXDRni yirik hisobda yengib (3:0), guruhda birinchi o‘rinni egalladi.
B guruhi
Janubiy Koreya va Iordaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgandi. So‘nggi tur oldidan faqat 3-4-o‘rin uchun Iroq, O‘mon va Falastin da’vogar edi.
Iroq Iordaniyani yengdi, Falastin va O‘mon o‘rtasidagi kurash esa chinakam jangga aylandi. Falastinni faqat g‘alaba qoniqtirardi, durangga erishgan O‘mon to‘rtinchi o‘rinni saqlab qolishi mumkin edi.
Falastinliklar ikkinchi bo‘lim boshida hisobni ochgandi, ammo o‘yinga qo‘shib berilgan beshinchi daqiqa tugayotganida mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi va gol urildi — falastinliklar guruhda qolib ketishdi.
C guruhi
Faqat Yaponiya bu guruhda so‘nggi tur oldidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgandi. Ikkinchi o‘rindagi Avstraliya va uchinchi o‘rindagi Saudiya Arabistoni o‘rtasida uch ochkolik farq saqlanib qolgandi va so‘nggi turda saudiyaliklar o‘zaro o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonib (amalda uddalab bo‘lmas masala, chunki to‘plar nisbatidagi farq juda katta edi), ikkinchi ko‘tarilishi mumkin edi. Ammo Saudiya o‘z maydonidagi o‘yinda yutqazib qo‘ydi (1:2) va o‘tish bosqichida ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.
Osiyodagi uch guruhdan JCh-2026ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqqan terma jamoalar: Yaponiya, Eron, O‘zbekiston, Iordaniya, Janubiy Koreya va Avstraliya.
Olti jamoa pley-offda qatnashadi: BAA, Qatar, Iroq, O‘mon, Saudiya Arabistoni va Indoneziya.
Bu jamoalar 3 tadan 2 ta guruhga bo‘linadi. O‘yinlar markazlashgan holda o‘tkaziladi. Guruhda 1-o‘rinni olganlari JCh-2026ga chiqadi.
Ikkinchi o‘rinni olganlar o‘zaro kurashadi, ular o‘rtasidagi g‘olib qit’alararo pley-offda yana bitta yo‘llanma uchun urinib ko‘radi.
Oxirgi bosqichlardagi shuncha o‘yin, asabbuzarliklarni tasavvur qilishning o‘zi og‘ir. Bu safar terma jamoamiz bizni shuncha azobdan xalos qildi, O‘zbekiston chindan-da katta sakrash qildi! Mundial muborak!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter