Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022. Argentina dramatik o‘yinda yarimfinalga yo‘l oldi

JCh-2022. Argentina dramatik o‘yinda yarimfinalga yo‘l oldi

Argentina – Niderlandiya bahsi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining eng intrigali bahslaridan biri bo‘ldi.

Dastlab Argentina Messining ajoyib golli uzatmasi va penaltidan urgan golidan so‘ng ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgandi, ammo ikkinchi bo‘lim oxirlarida Van Gal katta sahnaga chiqdi. Niderlandlar ustozi jamoasining o‘yin uslubini o‘zgartirdi va zaxiradan tushirgan Vegorst 83 va 90+11-daqiqalarda gollar urib, jamoasi uchun o‘yinni qutqarib qoldi.

Qo‘shimcha taymlarda Argentina biroz ustunlik qildi, hatto so‘nggi soniyalarda gol urishi ham mumkin edi, Fernandesning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

Penaltilar seriyasida esa Argentina darvozaboni o‘zini ko‘rsatdi va Argentinani yarim finalga olib chiqdi.

JCh-2022. 1/4 final
Niderlandiya — Argentina 2:2
Penaltilar seriyasi — 3:4.

Gollar: Vegorst (83, 90+11) — Molina (35), Messi (73, penalti).

Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind (Lyuk de Yong, 64), de Ron (Kopmeyners, 46), Frenki de Yong, Depay (Vegorst, 78), Bergveyn (Bergeys, 46), Gakpo (Lang, 113).

Argentina – Emiliano Martines, Molina (Montiel, 106), Otamendi, Romero (Pesselya, 78), Lisandro Martines (Di Mariya, 112), Akunya (Talyafiko, 78), De Paul (Paredes, 66), Mak Allister, Fernandes, Messi, Alvares (Lautaro Martines, 82).

Ogohlantirishlar: Timber (43), Akunya (43), Romero (45), Vegorst (45), Depay (76), Lisandro Martines (76), Bergeys (88), Paredes (89), Messi (90+10), Otamendi (90+12), Bergveyn (90+13), Montiel (109), Pesselya (112).

Endi Argentina yarimfinalda Braziliyani musobaqadan chiqarib yuborgan Xorvatiya bilan o‘ynaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring