Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazirama qaytadimi? «O‘zgidromet» bugungi ma’lumotni e’lon qildi

Jazirama qaytadimi? «O‘zgidromet» bugungi ma’lumotni e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Iyul oyining so‘nggi, 31-kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti berildi. 

Kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkent, viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32-37°, janubda ba’zi joylarda 39° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-36° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda yesadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring