Javob o‘yini oldidan «Atletiko»ning «12-sektori»da — yo‘qotish...
UEFA Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionining bir qismini yevrokuboklardagi bir o‘yinga yopdi. Bu ishqibozlarining YeChL ¼ finali ilk o‘yinida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda ko‘rsatgan hunari uchun «Atletiko»ga berilgan jazo.
Manchesterdagi o‘yinda UEFA madridlik muxlislar diskriminatsiya holatlarini sodir etganini qayd etdi. Evaziga o‘ta muhim uy o‘yinida kamida 5 ming kishi mezbonlar sektoriga kiritilmaydigan bo‘ldi. Kamiga Madrid jamoasiga katta qilib yozilgan «Yo‘qolsin, irqchilik» bannerini ilish majburiyati yuklatildi.
Birinchi o‘yinda 1:0 hisobida «Manchester Siti»ning qo‘li baland kelgandi. 13 aprelga belgilangan javob o‘yini oldidan «Atletiko»ning «12-sektori»da — yo‘qotish...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter