Jasadi hammomda topilgan ayolning qotili aniqlandi
Qashqadaryoda 28 yoshli ayolning jasadi hammomda topilgani haqidagi xabarga Bosh prokuratura aniqlik kiritdi.
Xabarda Kasbi tumanining «Tinchlik» mahallasidagi uyda ijarada yashab kelgan ayol shu yilning 16-dekabr kuni vafot etgani aytilgan — 1994-yilda tug‘ilgani taxmin qilinayotgan ayolning jasadi hammomda topilgan.
Ayol «Tinchlik» mahallasidan «Qamashi» mahallasiga turmushga chiqqan. Oilaviy kelishmovchilik tufayli yana o‘zi yashagan «Tinchlik» mahallasiga qaytib, 3 nafar bolasi bilan ijarada yashab kelgan.
Bosh prokuraturaning yuqoridagi voqea yuzasida axborotida ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Tekshirish davomida ayolni sobiq turmush o‘rtog‘i qasddan o‘ldirganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha 17-dekabr kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter