Jarimalar o‘chirib yuborilgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB YHXB sayti buzilib, jarimalar haqidagi ma’lumotlar, videokuzatuv moslamalari yordami tuzilgan bayonnoma qaydlari o‘chirib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov holat bo‘yicha rasmiy ma’limot berdi.
U mazkur ma’lumot haqiqatga mos kelmasligini bildirgan.
«Hozirgi kunda Toshkent shahar IIBB YHXB sayti mavjud emas. 2018 yilda IIBB YHXB saytini yuritish uchun test rejimida platforma ishlab chiqilgan, lekin o‘rnatilgan talablarga, shu jumladan xavfsizlik normalariga javob bermaganligi uchun sayt faoliyati to‘xtatilgan.
Ichki ishlar vazirligining barcha rasmiy resurslarini xavfsizligi to‘liq ta’minlangan», deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter