JARda ayanchli hodisa bo‘ldi
Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg megapolisi markazida joylashgan binolardan birida sodir bo‘lgan yirik yong‘in natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 73 kishi halok bo‘ldi,52 kishi jarohat oldi. Qurbonlar soni yana ortishi mumkin.
Kechasi sodir bo‘lgan yong‘indan qutqaruvchilar o‘nlab odamlarni evakuatsiya qilgan. Yong‘in boshlangan vaqtda uyda qancha odam bo‘lgani noma’lum.
Tafsilotlarga ko‘ra, yong‘in dastlab noqonuniy egallab olingan binoda boshlangan. Bunday uylarda elektr yo‘qligi sababli, sham yoki gaz gorelkasi ishlatilgani sabab binoga o‘t ketgan bo‘lishi mumkin. Aniq sabablar hozircha ma’lum emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter