Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston OTJ bugun Janubiy Koreya to‘sig‘idan o‘ta oladimi?

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston OTJ bugun Janubiy Koreya to‘sig‘idan o‘ta oladimi?

Indoneziyada davom etayotgan XVIII Osiyo o‘yinlari bugun futbol bo‘yicha chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi futbolchilarimiz Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadilar. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

Janubiy Koreya turnirni u qadar barqaror boshlay olmadi. «E» guruhida garchi dastlab Bahraynni 6:0 hisobida yenggan bo‘lsa-da, ikkinchi turda Malayziyaga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchinchi turda Qirg‘izistonni kichik hisobda yengib, guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Ammo nimchorak finalda Eronni ishonchli tarzda 2:0 g‘isobida yenga oldi.

Janubiy Koreya turnirga kuchli tarkib bilan kelgan. Tarkibda musobaqa reglamentiga ruxsat etilgan uch nafar 23 yoshdan katta futbolchilar qatorida «Tottenxem» hujumchisi Son Xyon Min, «Gamba Osaka» futbolchisi Xvang Ui-Jo bor.

Shuningdek, koreyaliklar tarkibida boshqa bir qator legioner futbolchilar ham bor.

Ravshan Haydarov shogirdlari esa turnirni yuqori tempda o‘tkazishmoqda. O‘tgan to‘rt uchrashuvda 13 ta gol urilib, birorta to‘p o‘tkazib yuborilmadi.

Shu yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov shogirdlari Janubiy Koreyani yirik hisobda mag‘lub etgandilar. Bugun ham futbolchilarimizdan shunday ishonchli g‘alaba kutib qolamiz.

Chorak final doirasida bugun quyidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi:

14:00 – O‘zbekiston – Janubiy Koreya

14:00 – Saudiya Arabistoni – Yaponiya

17:30 – Suriya – Vetnam

17:30 – BAA – KXDR

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring