Janubiy Koreyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi

Janubiy Koreyada koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda mamlakat kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari rahbari Chjon In Ken ma’lum qildi.
Koreya Respublikasida koronavirus bo‘yicha vaziyat keskinlashmoqda. Holbuki, shu paytgacha epidemiologik holat ancha barqaror sanalardi. Tibbiyot xodimlariga ko‘ra, hozir mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini avj pallasiga chiqqan.
«Poytaxt hududida birinchi to‘lqin fevral, mart, aprel oylarida kuzatilgandi. Endi ikkinchi to‘lqinga guvoh bo‘lyapmiz. U may bayramlarida boshlangan», — ta’kidladi Chjon In Ken.
Shifokorlar ikkinchi to‘lqinga karantin choralarining bo‘shashtirilganini sabab qilib ko‘rsatishmoqda. Bu aynan may bayramlariga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, oraliq masofani saqlash qoidlarining buzilishi ham virusning tarqab ketishiga yo‘l ochmoqda. Masalan, Seulda bayram kunlari tungi klub va barlarga borgan yoshlar o‘rtasida koronavirus aniqlanyapti.
«Worldometer»dan olingan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar soni 12 484 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 10 908 nafari sog‘ayib ketgan (87 foiz), qurbonlar soni — 281 nafar. 1295 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter