Janubiy Afrikadagi avtobus halokatida birgina bola omon qoldi
Janubiy Afrika Respublikasida yo‘lovchi avtobusining jarlikka qulashi oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi The Guardian.
Haydovchi bilan jami 46 kishi bo‘lgan avtobus jarlikka qulab, yonib ketgan. Halokatda omon qolgan yagona inson 8 yoshli bola ekani aytilmoqda. U jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga keltirilgan.
«Haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan, oqibatda avtobus ko‘prik to‘sig‘iga urilib yo‘ldan chiqib ketgan va jarlika qulagan», — deyiladi transport vazirligi bayonotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter