Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamg‘ariladigan pensiya to‘g‘ri hisoblanishiga kim javobgar?

Jamg‘ariladigan pensiya to‘g‘ri hisoblanishiga kim javobgar?

Foto: Xabar.uz

Jamg‘arib boriladigan pensiya noto‘g‘ri hisoblangan yoki shunga o‘xshash qonunbuzarlik bo‘lganda fuqaro kimga murojaat yo shikoyat qilishi mumkin, degan savolimizga Xalq banki axborot xizmati javob berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 dekabrdagi «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi 595-sonli qarori 2-ilovasi 33-bandiga ko‘ra, Majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining to‘g‘riligi, to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarini to‘lovchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

Adliya vazirligida 2005 yil 6 oktyabrda davlat ro‘yxatiga olingan 1515-sonli «Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qo‘shish va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi nizom 19-bandiga asosan, ish beruvchi tomonidan ShJBPHga majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblanishi hamda o‘z vaqtida kiritilishi ustidan nazoratni davlat soliq xizmati organlari amalga oshiradi.

Davlat soliq xizmati to‘g‘risidagi qonunning 6-moddasi 1-bandida «soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblab chiqarilishi hamda o‘z vaqtida kiritilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirishi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishi» belgilab qo‘yilgan.

Bundan kelib chiqadiki, qonunchilikka ko‘ra, o‘tkazilayotgan badallarning to‘g‘ri hisoblab, oyma-oy o‘tkazilishini nazorat qilish Davlat soliq qo‘mitasi majburiyatiga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring