Jalgasbay Berdimuratovda oltin, Abdumalik Xalokovga ham omad kulib boqdi
Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jalgasbay Berdimuratov (-87 kg) delegatsiyamiz hisobiga o‘n beshinchi oltin medalni keltirdi.
Hamyurtimiz final bellashuvida eronlik Nosir Alizodani mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov ham finalchilar qatoridan joy oldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz yarim finalda xitoylik Ding Lyuni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alaba final bilan birga yurtdoshimizga Parij-2024 yo‘llanmasini ham taqdim qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter