Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zi o‘qigan maktabga bordi (foto)

Bugun respublikamizning barcha umumta’lim maktablarida bo‘lgani kabi, Shayxontohur tumani Huvaydo mahallasidagi 169-maktabda ham 2018–2019-o‘quv yili uchun birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.

«Bilimlar kuni» munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga Toshkent shahar hokimi v. b. Jahongir Ortiqxo‘jayev tashrif buyurib, yig‘ilganlarni tabrikladi. Shahar hokimi shu maktabda tahsil olganligi, o‘quvchilik xotiralari haqida to‘xtalib, aynan qadrdon maktabida olgan bilimlari kelgusidagi muvaffaqiyatlariga poydevor bo‘lganligini alohida ta’kidladi. O‘quvchilarni a’lo baholarga o‘qishga chorlab, ularga zafarlar tiladi.
— Toshkent shahri hokimining maktabimizga kelishi, biz bilan dildan suhbatlashganidan juda ham xursandmiz. Bu bizga katta ruhlantirish berdi. Men ham maktabda a’lo baholarga o‘qib, kelajakda yurtimizga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishaman, — deydi, 7-sinf o‘quvchisi Bobur G‘ulomov.
Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbir so‘ngida 1-sinfga qabul qilingan 246 nafar o‘quvchining har biriga «Samsung Galaxy Tab A» planshetlarini sovg‘a qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter