Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayev daraxt kesuvchilarni tutib oldi

Jahongir Ortiqxo‘jayev daraxt kesuvchilarni tutib oldi

Foto: Kun.uz

Shahar hokimining kun tartibi tig‘iz. Shunga qaramay hokim har kuni kechki payt Toshkentni aylanib, poytaxt hayoti, muhitini o‘rganadi, kuzatadi, deya xabar beradi shahar hokimligi matbuot xizmati.

25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasidagi kuzatuv davomida Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan o‘tar ekan, «Turkiston» san’at saroyining old tomonida daraxtlar kesilayotganiga guvoh bo‘ldi.

Hokim ushbu noqonuniy harakat bo‘yicha izoh so‘raganida, «tabiat kushandalari» diametri 70-80 santimetr bo‘lgan 20 ta daraxtni kesish uchun «Yagona oyna» davlat xizmatlari markazidan 61 ming so‘m evaziga ruxsat olganlarini ma’lum qilishdi. Voqea joyiga tezlik bilan Yunusobod tuman hokimligi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, IIBB va prokuratura mutasaddilari chaqirildi.

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu noqonuniy harakatga aloqador guruh qo‘lga olingan. Prokratura nazoratida sog‘lom daraxtlarni kesish bo‘yicha aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Ushbu holat sabab biz hamshaharlarimizga yana bir bora murojaat qilib, agar shunday vaziyatlarga guvoh bo‘lsalar, daraxtlar kesib bo‘linganidan so‘ng emas, mazkur ishga tayyorgarlikni sezishgan zahoti 102 raqami orqali IIBBga va Toshkent shahar hokimligining 71 210 01 63 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘ragan bo‘lardik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring