Jahon kubogi saralash bahslarida hamyurtimiz g‘olib bo‘ldi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan «Universal jamping agro» ot sporti klubida Jahon kubogining Markaziy Osiyo saralash bahslari hamda Millatlar kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
To‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha o‘tayotgan musobaqalarda Germaniya, Polsha, Belorus, Armaniston, Rossiya, Qozog‘iston kabi xorij davlatlaridan chavandozlar hamda ot sporti bo‘yicha mutaxassislar jalb qilinganligi bellashuvlarning naqadar qizg‘in va murosasiz o‘tayotganligidan dalolat berib turibdi.
Kecha 130 sm. balandlikdagi to‘siqlardan oshib o‘tish bellashuvida hamyurtimiz A’zam Toliboyev o‘zining «LADY» laqabli otida g‘oliblik nashidasini surdi. Keyingi o‘rinlar yana bir hamyurtimiz Bahromjon Gaziyev («ETHOS») va qozog‘istonlik chavandoz Nurila Turisbekova («CLINTARO») ga nasib etdi.
Xalqaro turnirning barcha g‘olib va sovrindorlari bugun ma’lum bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter