Zaynab Dayibekova Jahon kubogida g‘alaba qozondi
Toshkentda o‘tkazilayotgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogida birinchi kun bahslari ortda qoldi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Zaynab Dayibekova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Musobaqa davomida qilichbozimiz Belarus, Ukraina, Rossiya kabi mamlakat vakillarini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Hal qiluvchi bahsda rossiyalik Vlada Plexanovadan 15:7 hisobida ustun keldi. Bronza medallari esa Rossiya terma jamoasining boshqa vakillariga nasib etdi.
Qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi.
Yoshlar, sablya:
- Zaynab Dayibekova (O‘zbekiston)
- Vlada Plexanova (Rossiya)
- Mariya Zinyuxina (Rossiya)
- Alina Koralyova (Rossiya)
Eslatib o‘tamiz, ertaga qilichbozlar jamoaviy yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Bo‘lajak bellashuvlarda ham qizlarimizga omad tilab qolamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter