Jahon chempionati arafasida fishinglar ko‘paymoqda

Rossiya bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati arafasida «Kasperskiy laboratoriyasi» internetdagi yuzlab fishing saytlarini aniqladi. Bu haqda «Astera.ru» xabar berdi.
Aksariyat hollarda bunaqa saytlar nomida «world», «world cup», «FIFA», «Russia» kabi so‘zlar uchraydi. Bu saytlar JCh-2018 o‘tkaziladigan shaharlarda yashash uchun joy band qilish bo‘yicha xizmatlarni taklif etmoqda. Ba’zida pulni oldindan o‘tkazib berish taklif etiladigan joylari ham bor: bu vaziyatda foydalanuvchi firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishi mumkin.
Fishing saytlar o‘yinlarga chiptalar sotiladigan payt boshlanganida avjiga chiqishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter