Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki Rossiya, Ukraina va O‘zbekiston bo‘yicha prognozini e’lon qildi

Jahon banki Rossiya, Ukraina va O‘zbekiston bo‘yicha prognozini e’lon qildi

Jahon banki Rossiya, Ukraina va O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha o‘z prognozini e’lon qilgan. Bu haqda moliya institutining hisobotida ma’lum qilingan.

Rossiya va Ukraina urushi sababli Ukrainada yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 45,4 foizgacha tushib ketishi mumkin. YaIMning keyingi ko‘rsatkichlari urushning davom etishiga bog‘liqligi aytilgan.

Shuningdek, Rossiya iqtisodiyoti bu yil 11,2 foizgacha qisqaradi, inflyasiya esa 22 foizgacha yetadi. Jahon banki kelajakni saqlash uchun energosamaradorlik va ekologik toza texnologiyalarga e’tiborni kuchaytirishni tavsiya qilgan.

O‘zbekistonda esa iqtisodiyot o‘sishi 3,8 foizga tushib ketadi. 2021 yilda bu ko‘rsatkich 7,4 foiz bo‘lgan. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo va Yevropa ishlab chiqarish hajmi 4,1 foizdan ko‘proqqa qisqarib ketishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo taraqqiyot banki 2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida pasayish bo‘lishini aytib, yalpi ichki mahsulot hajmini 4 foiz deb prognoz qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring