Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Izboskan tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Izboskan tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Abrorbek Ahmadaliyev Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Abror Ahmadaliyev 1988-yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida Andijon viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi axborot-tahlil xizmati bosh mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyatining mudiri,  Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat olib borgan. 

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i  lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.   

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring