Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iyul oyida Yerda misli ko‘rilmagan jazirama kuzatildi

Iyul oyida Yerda misli ko‘rilmagan jazirama kuzatildi

Foto: Xabar.uz

O‘tgan iyul oyi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy  bo‘ldi.

1880-yildan keyingi kuzatuvlar davrida sayyoramiz bu qadar isib ketmagan. O‘tgan iyulda nafaqat juda katta quruqlik maydonidagi 2 metr yuqorida havo harorati issiq kuzatildi, balki, okean suvlari harorati ham juda yuqori isib ketdi.

Aytmoqchi, yuqoridagi tasvirda iyulda Tinch okeani markazida suv haroratining haddan tashqari isib ketishi, boshqacha aytganda, «El-Nino» hodisasi shakllanganini ko‘rish mumkin.

O‘zbekistonda ham o‘tgan iyul oyi eng issiqlaridan biri bo‘lgan. 2019 va 2021-yilning iyuli hozirda respublika bo‘ylab 150 yillikdagi eng issiq iyul oylari kuzatilgan yillar bo‘lib turgandi. Bular qatoriga joriy yilning iyul oyi uchinchi bo‘lib qo‘shildi. O‘tgan iyul oyi respublikada iqlimiy me’yordan 1.5-2.5 daraja yuqori kelgan.

O‘tgan iyulda Orol atrofidagi stansiyada eng yuqori havo harorati ro‘yxatga olingan (+46°S). Oy juda quruq o‘tgan. Tekislik hududlarida deyarli yog‘ingarchilik kuzatilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring