Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya elchisi balkondan yiqilib tushib vafot etdi

Italiya elchisi balkondan yiqilib tushib vafot etdi

Italiyaning Avstraliyadagi elchisi Francheska Tardioli 19-fevral kuni balkondan qulab vafot etdi. Bu haqda Corriere di Umbria ma’lum qildi.

Tardioli to‘rtinchi qavatdan ayvon orqali osilib qolgan va muvozanatni yo‘qotgan. Baxtsiz hodisa 19 fevral kuni diplomat o‘zining tug‘ilib o‘sgan shahri Folinoda dam olayotgan paytda sodir bo‘lgan. Jandarmlar ushbu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda va sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda. Dafn marosimining aniq sanasi hali belgilanmagan.

La Stampa gazetasi elchining qulab tushishi shubhali holat ekanligini yozib, 56 yoshli diplomat go‘yoki depressiv kasallikdan aziyat chekkan, deya xabar qilgan.

Kanberradagi elchixona «toza inson, professional diplomat va inson huquqlari himoyachisi»ning bevaqt vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Tardioli 2019 yil sentyabridan beri Kanberradagi elchi lavozimida ishlagan. U ingliz va fransuz tillarida erkin gapira olgan, nemis va ispan tillarini yaxshi bilgan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring