IT Park startapi $1.2 mln sarmoya jalb qildi
«zip24» kompaniyasi tarkibiga kirishi kutilayotgan IT Park rezidenti «Datasite Technology» London sarmoyadorlari «Sturgeon Capital», shuningdek, Buyuk Britaniya hamda Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi (SSZ), jumladan, Hayaat Group, Teqvisory biznes loyihalari va yirik tadbirkor Robert Kay tomonidan o‘tkazilgan dastlabki bosqichda 1,2 million AQSh dollari miqdorida sarmoya jalb qildi.
«zip24» investitsiyalari texnologiyalar, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, savdo, marketing va ayniqsa, O‘zbekiston poytaxtida joylashgan asosiy faoliyat bazasini yanada kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, moliyalashtirishda Toshkent, Dubay va Londonda «zip24» savdo va marketingni kengaytirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yo‘naltiriladi.
Loyiha o‘z faoliyatini Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)da kengaytirishni, hamkorlar sonini ko‘paytirishni, shuningdek, 2021 yilning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniyada o‘z vakolatxonasini ochishni reja qilmoqda.
«Sturgeon» «zip24»ni moliyalashtira boshlaganidan mamnun. Biz bozorning yetarlicha ochilmagan muhim muammolarini hal qila oladigan malakali tadbirkorlardan iborat jamoalar asoschilarining birlashmasi ushbu imkoniyatni yanada jozibador qilishiga ishonamiz va kompaniyalar bilan hamkorlikka umid qilamiz», deydi «Sturgeon Capital» bosh direktori Kiyan Zandayi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter